Aloqa markazi1880

Maxfiylik siyosati

1. Umumiy ma’lumotlar.

Ushbu axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–91-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida shaffoflikni taʼminlash va korrupsiyadan holi tizimni yaratishda O‘zbekiston Respublikasi “Elektron hukumat” tizimi, bevosita Jismoniy shaxslar elektron bazasi, Bojxona, Soliq qo‘mitalari bazalari bilan integratsiya qilingan.
Tizimda:
- Standartlashtirish
- Sertifikatlashtirish
- E-sertifikat-(mobil ilovasi)
- Akkreditatsiya
- Metrologiya
- Davlat nazorati kabi xizmatlaridan foydalanish mumkin
Tizimdan foydalanishdan oldin ushbu Siyosat shartlar bilan tanishishi kerak. Tizimdan foydalanish Foydalanuvchining tashqi axborot resurslaridan olingan shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash uchun so‘zsiz roziligini anglatadi

2. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari.

Foydalanuvchi tizimdan foydalanganda quyidagi ma’lumotlarni kiritishi mumkin:
- FIO
- Aloqa telefoni
- Manzil
Ushbu ma’lumotlar tizim tomonidan saqlanmaydi va qayta ishlanmaydi. Kiritilgan ma’lumotlar faqat real vaqt rejimida xizmat ko‘rsatish maqsadida ishlatiladi.

3. Ma’lumotlarni himoya qilish.

Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish uchun barcha zarur xavfsizlik choralari ko‘rilgan. va nojo‘ya foydalanishdan himoyalangan.

4. Maxfiylik siyosatiga o'zgartirishlar.

Ushbu maxfiylik siyosati vaqti-vaqti bilan yangilab borilishi mumkin. O‘zgarishlar kiritilganda foydalanuvchilar ilova orqali bu haqda xabardor qilinadilar.

5. Bog‘lanish ma’lumotlari.

Agar maxfiylik siyosati bo‘yicha savollar yoki mulohazalar bo‘lsa, biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.